21 Dekabr 2021 yil 448

Surxondaryoda yana bir haydovchi YPX inspektoriga pora taklif qildi

2021 yil 17 dekabr kuni soat 09:30 larda Termiz shahri "R.Soatova" ko'chasida xizmat olib borayotgan Surxondaryo viloyati JXD YHXX 1-safarbar guruh inspektori kichik serjant Xodjaev Zafar Saxibovich ushbu ko'chada harakatlanib kelayotgan "kobalt" rusumli avtomashinani to'xtatib, hujjatlarini tekshirganida, avtomashinaning orqa yon oynalari tegishli ruhsatnomasiz qoraytirilganligi aniqlagan. Inspektor haydovchi D.T ga nisbatan tegishli tartibda O'zbekiston Respublikasi MJTKning 126-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib, boshqaruvida bo'lgan avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirgan. Shu payt haydovchi D.T undan avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berishini iltimos qilib, evaziga 200 AQSh dollari miqdoridagi pul taklif qilgan. YPX inspektori Z. Xodjaev fuqaro D.T ga uning bu harakati jinoyat ekanligini, bu bo'yicha jinoiy javobgarlik mavjudligini tushuntirishiga qaramasdan haydovchi pora taklif qilaverishni davom ettirgan. Shunda kichik serjant Z. Xodjaev tegishli tartibda Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i nomiga fuqaro D.T pora taklif qilayotganligi uchun unga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'rab bildirgi bilan murojaat qilgan. Mazkur bildirgiga asosan, 2021 yil 17 dekabr kuni soat 17:50 larda IIV SHXBB Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi va Termiz shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro D.T Termiz shahar IIB YHXX ma'muriy binosi yonida kichik serjant Z.Xodjaevga xizmat yuzasidan biriktirilgan "Lasetti" rusumli, davlat raqami 75 653 VSF bo'lgan xizmat avtomashinasining old o'rindig'iga o'tirib, 1.850.000 so'mni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan va ushbu holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Surxondaryo viloyati IIB JXD YHXX axborot xizmati

Text to speech