9 Oktyabr 2021 yil 621

Surxondaryoda "Salomatlik poezdi" dasturi doirasida "Yangi O'zbekiston – yangi ichki ishlar organlari" shiori ostidagi tibbiy ko'rik tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021 yil 18 sentabr kunidagi tegishli Farmoyishi asosida, ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarning sog'ligini tiklash, ularga malakali tibbiy yordam ko'rsatish uchun, tibbiyot boshqarmasi va xududiy bo'linmalari bilan birgalikda "Salomatlik poezdi" tashkil etilib, tibbiyot muassasasiga biriktirilgan ichki ishlar organlari xodimlari, xarbiy xizmatchilar va faxriylarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatni yaxshilash, davolash va sog'lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish malakali tibbiy yordam ko'rsatish, kasalliklarning yashirin davrlarida erta aniqlash va davolashni tashkil etish maqsadida, 3 kun davomida malakali tor mutaxassis-shifokorlar ishtirokida Surxondaryo viloyati IIB tibbiyot bo'limiga biriktirilgan shaxsiy tarkib, harbiy xizmatchilar, pensionerlar va ularning oila a'zolariga malakali tibbiy ko'rik tashkil qilindi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik 7-8 oktyabr kunlari Termiz shahrida va 9-oktyabr kuni Denov shahrida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hisobida dispanser hisobida turgan bemorlar, pensionerlar va ularning oila a'zolari ichki ishlar vazirligining tibbiyot boshqarmasi uning tizimidagi Markaziy gospital, Markaziy poliklinika va "O'zbekiston" sanatoriyasining tor mutaxassis shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.
"Yangi O'zbekiston – yangi ichki ishlar organlari" shiori ostida o'tkazilayotgan keng qamrovli tadbirda, Surxondaryo viloyati IIB tibbiyot bo'limiga biriktirilganlar orasida Termiz shahri, Termiz va Muzrobot tumanlarida yashovchi urush orti qatnashchisi, nogiron va xizmat vaqtida olgan jarohati tufayli nogiron bo'lib qolgan jami 9 nafar faxriylar, pensionerlar va ularning oila a'zolari "Salomatlik poezdi" dasturi doirasida IIV tibbiyot boshqarmasi va uning tizimidagi davolash profilaktika muassasasi malakali endokrinolog, pulmonolog, travmatolog, kardiolog va boshqa tor mutaxassis-shifokorlari tomonidan yashash uylariga borib tekshirilib, zaruriy tavsiyalar berildi.
Tadbirning uchinchi kuni Denov shahrida joylashgan viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasiga qarashli Denov shahar ko'p tarmoqli poliklinikasida Denov, Sho'rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Uzun tumanlarida yashayotgan shaxsiy tarkib, pensionerlar va ularning oila a'zolari tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Tibbiy ko'rik davomida ularning salomatlik borasidagi savollariga tegishli javoblar berilib, ambulator, stasionar va sanatoriy sharoitlarda davolanish uchun zarur bo'lgan tegishli tavsiyalar qilindi.
Uch kun davom etgan jarayonda IIV tibbiyot boshqarmasi va uning tizimidagi Markaziy gospital, Markaziy poliklinika va "O'zbekiston" sanatoriyasining terapevt, nevroxirurg, jarroh, kardiolog, travmatolog, pulmonolog, lor, oftalmolog shifokorlari biriktirilgan shaxsiy tarkib, pensionerlar va ularning oila a'zolaridan 350 nafardan ortig'i tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, "dispanser" hisobda turuvchi bemorlar hamda ichki ishlar boshqarmasi tizimi pensionerlari va ularning oila a'zolaridan 295 nafariga ambulator, 30 nafardan ortig'iga sanator-kurort va 25 nafariga stasionar sharoitda davolanishga tavsiyalar berildi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik davomida IIB tibbiyot bo'limida mavjud UTT, EKG, rentgen, FLG, klinik va bioximik labarator tekshiruvlardan keng foydalanildi.
Ushbu jarayonlarda 40 nafarga yaqin biriktirilgan kontingentda birlamchi kasalliklar aniqlanib, ba'zilariga shifoxonalarda, ba'zilariga uyda davolanish uchun tegishli tavsiyalar berib o'tildi.

Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati

Text to speech