25 Avgust 2023 yil
647
Surxondaryoda profilaktika inspektorlari uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2023-yil 21-avgust kunidagi tegishli Farmoyishiga asosan Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy miintaqaviy hudud profilaktika inspektorlari bilan Elektroshok moslamalarini qo‘llash shart-sharoitlari yuzasidan kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, ulardan sinov imtihonlari olindi.
O‘quv mashg‘ulotlari yakunida sinov imtihonlaridan o‘tgan ichki ishlar organlari xodimlariga sertifikatlar topshirildi.