20 Oktyabr 2021 yil 347

Surxondaryoda, IIB boshlig'ining kubogi uchun "Milliy kurash" musobaqasi bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ushbu bayramni ko'taringki ruhda tashkil etish maqsadida, "Yangi O'zbekiston-yangi ichki ishlar organlari" shiori ostida sportning "Milliy kurash" turi bo'yicha Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i kubogi musobaqasi o'tkazildi.
Tashkil qilingan sportning "Milliy kurash" turi musobaqasida g'oliblikni qo'lga kiritish uchun gilamga tushgan ichki ishlar xodimlari polvonlari murosasiz kurash olib borishdi. Musobaqa ko'tarinki bayram kayfiyatida bo'lib o'tdi.
Murosasiz kurashlarga boy bo'lgan musobaqa g'oliblari aniqlanib, tadbir yakunida g'olib va sovrindorlar Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilov tomonidan birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.
Umumjamoa hisobida g'oliblikni qo'lga kiritgan viloyat IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi polvonlari birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi o'rin viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodim polvonlariga nasib etdi. Uchinchi o'rinni Boysun tumani ichki ishlar bo'limi polvonlari qo'lga kiritishib ular ham boshqarma boshlig'ining g'oliblik kubogi hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech