Surxondaryoda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi ID kartalari topshirildi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 13 mart kunidagi 129-sonli "O'zbekiston Respublikasida indentifikasiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori talablari, ya'ni 2021 yil 1 yanvardan boshlab yangi tug'ilgan bolaga, O'zbekiston Respublikasi fuqarosiga, Respublika hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga va xorijiy fuqarolarga belgilangan namunadagi ID-karta berilishi yuzasidan barcha shahar-tuman IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan aholi bilan uchrashuvlar o'tkazilib, targ'ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 26 iyul kuni viloyat IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi ma'muriy binosining fuqarolarni qabul qilish zalida 7 nafar 16 yoshga to'lgan yoshlar nomiga rasmiylashtirilgan hamda 2020 yil 13 mart kunidagi "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi qonunga asosan O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga tan olingan 3 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga O'zbekiston Respublikasi fuqarosining ID kartalari viloyat IIB boshlig'ining o'rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev hamda viloyat IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik S.Qobilovlar tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati