5 Noyabr 2021 yil 1869

Surxondaryoda bir guruh xalqaro terroristik guruhlar faoliyatini qo'llab-quvvatlab kelgan shaxslarning faoliyatiga chek qo'yildi

O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi va Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatning Termiz shahri va Termiz tumanlarida yashovchi, xalqaro terrorchilik guruhlar faoliyatini qo'llab-quvvatlab kelgan bir nechta shaxslarning faoliyatiga chek qo'yildi.
Ushbu shaxslarning aksariyati Termiz shahridagi bozorlardan birida savdo faoliyati bilan shug'ullanib, "Telegram" messenjerida virtual guruh tashkil qilgan holda, unda terrorchilik tashkilotlari g'oyalarini targ'ib qilib, o'zlarining Turkiya, Suriya va Misr davlatlaridagi g'oyadoshlarini moliyaviy tomondan qo'llab-quvvatlash maqsadida, plastik karta rasmiylashtirgan hamda unda yig'ilgan pul mablag'larini ko'rsatilgan hududlarga yuborish bilan shug'ullanib kelishgan.
Qo'lga olinganlar orasida kelgusida Suriya hududiga borib, jangarilar safiga qo'shilishni rejalashtirgan fuqarolar ham mavjud.
Guruh a'zolarining xonadonlarida o'tkazilgan tintuv tergov harakati jarayonida ekstremistik va terrorchilik mazmunidagi ashyoviy dalillar prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda qo'lga olingan shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech