28 Dekabr 2021 yil
498
Surxondaryo viloyati IIBda yangi yil bayrami oldidan, savdo yarmarkasi tashkil etildi
Bayram yaqin, hademay xonadonlarda yangi yil dasturxoni bezatiladi. Shu bois, hamma bozor taraddudida.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati ham ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar va ishchi xizmatchilar uchun bayram oldidan oziq-ovqat savdo yarmarkasini tashkil qildi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hovlisida tashkil etilgan yarmarka rastalarida sifatli va arzonlashtirilgan meva-sabzavotlar, turli-tuman ichimliklar, yog', guruch, un, tuxum, sut, go'sht va boshqa turdagi mahsulotlar o'rin olgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati