15 Fevral 2022 yil 510

Surxondaryo viloyati IIBda ekologik holatni barqaror saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yig'ilish bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabr, PQ-76-son qarori ijrosi yuzasidan atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan, viloyatda ekologik xavfsizlikni ta'minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, qulay ekologik holatni barqaror saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini ta'minlash hamda sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish ustuvor masala qilib belgilangan.
Shu maqsadda, 2022 yil 14 fevral kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilov huzurida yig'ilish bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda viloyat ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Surxondaryo viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi. Yig'ilishda viloyat IIB boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilov amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tahliliy muxokama etib, kelgusida bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olinishi to'g'risida bir qator topshiriqlar berib o'tdi. Halqimiz orasidan atrof muhitni toza saqlash har bir fuqaromiz bunga mas'ul ekanligi to'g'risida targ'ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirilishi, fuqarolarimizni ma'muriy javobgarlikka tortishdan oldin ularga sharoit yaratib berish va ularni ogohlantirib chiqishligi to'g'risida tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlar mas'ul ekanligi to'g'risida ta'kidlandi.
Bundan tashqari bu borada ishlarni yaxshilashda, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish tizimini yangi darajaga ko'tarish maqsadida, ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va Davlat ekologiya boshqarmasi bilan hamkorlikda takliflar kiritilishi, doimiy ravishda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi Qonunchilik talablari ijrosi so'zsiz ta'minlanishini nazorat qilishda o'zaro yaqindan hamkorlikni o'rnatish hamda qo'shma profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo'yicha alohida topshiriqlar berildi.

Text to speech