23 Mart 2022 yil 679

Surxondaryolik maktab o‘quvchilari sayohatga chiqishdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgust kunidagi 669-sonli Qaroriga asosan, ichki turizmni rivojlantirish va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Xorazm, Buxoro va Samarqand viloyatlarining tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.
Tashkil qilingan sayohat davomida, maktab o‘quvchilarining xavfsizliklari ta’minlanib, ularga maroqli dam olishga sharoitlar yaratilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech