30 Sentyabr 2022 yil 482

Surxondaryolik imkoniyati cheklangan yoshlar uchun qadimiy va navqiron Buxoroga sayyohat qilish imkoniyati yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining 2022 yil 16 sentabr kunidagi xatiga asosan, Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi va “Zodiak-Kasaba-Sayr sho`ba” korxonasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 28-29 setiyabr kunlari Surxondaryo viloyatidagi 50 nafar nogironligi mavjud yoshlarni Buxoro viloyatidagi “Said Amir Mirkulol”, “Bahouddin Naqshbandiy” ziyoratgohlari, “Labi xovuz majmuasi”, “Toqi sarrafon”, “Toqi telpakfurushon”, “Toqi zargaron” majmualari, “Ark qo‘rg‘oni”, “Somoniylar maqbarasi” va “Sitorayi moxi xosa” muzeylariga sayohati uyushtirildi.

Imkoniyati cheklangan yoshlarni Buxoro viloyatidagi turizm namoyish ob’ektlarida xavfsizligini ta’minlab kuzatib borish bilan birga, ularga turizm namoyish ob’ektlari haqida tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Sayohat davomida, ushbu muqaddas maskanda mangu qo‘nim topgan tabarruk zotlarning kelajak avlod uchun dunyoviy va diniy ta’limotda qilgan buyuk ishlari hamda muzey eksponatlari haqida yoshlarga muzey va majmua mas’ullari tomonidan kerakli ma’lumotlar berildi.

Text to speech