9 May 2023 yil
547
Surxondaryodan Ikkinchi jahon urushiga qancha odam jo‘natilgan?
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1941 yilda O‘zbekiston aholisi 6 million 800 ming kishidan ortiq bo‘lgan. Urush boshlanishiga qadar 2 millionga yaqin o‘zbek mamlakatdan frontga safarbar etilgan. Shiddatli janglarda 500 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, 158 mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan.
Ikkinchi jahon urushiga Surxondaryo viloyatidan 53 ming 365 nafar yigit jo‘natilgan. Ularning 11 mingdan ortig‘i jang maydonlarida mardlarcha halok bo‘lgan. Ayni paytda viloyatda 8 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi yashamoqda.