19 Iyul 2022 yil 430

Surxondaryoda, “Jangovar va kasbiy tayyorgarlik xaftaligi” doirasida, navbatdagi psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi

Ichki ishlar organlari tizimida “Jangovar va kasbiy tayyorgarlik xaftaligi” doirasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari “Termiz” xalqaro aeroportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha alohida batalonida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar bilan navbatdagi psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Trening jarayonida har bir harbiy xizmatchiga individual yondashgan holda askarlarda vatanparvarlik, mardlik, jasorat  singari tuyg‘ularini yanada kuchaytirish, shuningdek, hissiy zo‘riqish, stress va tushkunlik holatlarini oldini olish, favqulotda hamda ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobilyatlarini shakllantirishga qaratildi.

Shuningdek, ularning ichki potensiallarini yuzaga chiqarish va uning kuchli tomonlarini namoyon qilishga ko‘maklashish, axloqiy-ruhiy tayyorgarlik darajasini oshirishga doir bo‘lgan qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Hozirda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari hamda harbiy xizmatchilari o‘rtasida salbiy holatlarni oldini olish, ularning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat va dam olish sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish, xodimlardagi ruhiy o‘zgarishlarning sabablarini chuqur o‘rganish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech