20 Avgust 2025 yil 112

Surxondaryoda Jamoat xavfsizligi xizmati xodimlari psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyruq talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati tarkibida tarkibida xizmat qilib kelayotgan xodimlar psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning psixologik portretlari yaratilmoqda.

Shuningdek, ular bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilib, suhbat davomida zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech