Surxondaryoda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
“O‘zbekistonda yangi uyg‘onish — Uchinchi Renessans” davrida Yangi O‘zbekistonni barpo etishning ilk kunlaridanoq Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ikkita masala, ya’ni aholi salomatligi va xavfsizligini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Quvonarli tomoni
shunda-ki, har bir xodim uchun sport bilan shug‘ullanish – kunlik hayot tarziga
aylanmoqda.
Sohada, ayniqsa, kurash, sambo, dzyudo, boks, futbol, qo‘l jangi
kabi sport turlari bilan professional darajada shug‘ullanayotgan xodimlarimiz soni
ko‘paymoqda.
O‘zbekiston Respublikasi
IIVning 2024 yilning 30 noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida sportning
kurash turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi
tegishli buyrug‘iga asosan joriy yilning 10-11-dekabr kunlari Surxondaryo viloyatining
Termiz shahridagi “Alpomish kurash sport majmuasi”da “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari harbiy xizmatchilari hamda xodimlari
o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi
bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning taqdirlash
marosimida viloyat huquq-tartibot idoralari rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyat
IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda yurtimizda
olib borilayotgan islohotlar, sportga bo‘lgan e’tibor haqida so‘z yuritib musobaqa
ishtirokchilariga omadlar tiladi.
Sportning kurash
turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasida ishtirok etgan sportchilar
o‘zlarining kuchlari, chaqqonligi hamda kurash usullaridan foydalangan holda qizg‘in
kurashlar olib borishdi.
Unga ko‘ra umum-jamoa
hisobida 1-o‘rin Davlat xavfsizligi xizmati terma-jamoasi, 2-o‘rin Ichki ishlar
vazirligi terma-jamoasi hamda 3-o‘rin Mudofaa vazirligi terma-jamoasiga nasib etdi.
Musobaqada ishtirok etgan xodimlar va sovrindorlar qimmatbaho hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.