7 Noyabr 2023 yil 821

Surxondaryoda voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixologlariga o‘quv ishlari tashkil etildi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixologlariga Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2023-yil 30-oktabr kunidagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 4-noyabr kunidan Termiz tumanida joylashgan harbiy qism bazasida qisqa muddatli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur o‘quv yig‘iniga jalb etilgan viloyat ichki ishlar organlari tarkibida xizmat olib borayotgan xodim va xodimalarga viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mutaxassis-psixologlari va Termiz davlat pedagogika instituti, psixologiya kafedrasi dotsenti Olmosbek Eshmuradov tomonidan xodimlarga fuqarolarning ruhiy va jismoniy holati hamda shaxslarning jins va yosh toifasidan kelib chiqib professional-ekspressiv harakatlar bilan samarali muloqotga kirishish, agressiyani qo‘zg‘atuvchi muomala va nokasbiy jestlardan tiyilish” yuzasidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, mazkur o‘quv yig‘inini tashkil etishdan asosiy maqsad, viloyat ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixologlarini fuqarolar bilan muloqot jarayonida kasbiy mahorati, muomala madaniyatini hamda jangovar shayligini oshirish, qolaversa, vaziyatni to‘g‘ri baholash orqali tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini yanada oshirishdan iboratdir.

Text to speech