Surxondaryoda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha shahar-tuman ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida “Shaxsiy qabul”lari bo‘lib o‘tdi.
Respublikamizda mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari tomonidan aholining muammolarini o‘rganish va bartaraf etish bugunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Shu boisdan yurtdoshlarimizning o‘z turmushidan va bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklamoqda.
Fuqarolar tomonidan sud-huquq
masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan ariza va shikoyatlarni aholi bilan
bevosita muloqot qilish orqali har tomonlama chuqur o‘rganish va qonuniy hal
etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta
davomida kundalik mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish
hamda murojaat qiluvchilarning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq
muloqot qilishlarini osonlashtirish maqsadida, bugun Surxondaryo viloyati ichki
ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov tomonidan viloyat IIB
Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi binosida hamda shahar-tuman IIBlari binolarida hududiy ichki
ishlar organi boshliqlarining navbatdagi jismoniy va yuridik shaxslar bilan
“shaxsiy qabul”lari o‘tkazildi.
Hududlarda tashkil etilgan
qabullarda, o‘rinbosarlar, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.
Mas’ullarning “shaxsiy
qabul”lari davomida fuqarolar o‘zlarining tergov — surishtiruv, ishga qabul
qilish, ishga qayta tiklash, ish joyini o‘zgartirish, yo‘l harakati
xavfsizligi, fuqarolikni rasmiylashtirish, moddiy yordam, oila turmush
doirasidagi nizolarga barham berish, mol-mulk mojarosi, pul oldi berdi masalasi
va boshqa bir qator ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar
qilishdi.
Viloyat hamda shahar-tuman ichki ishlar organlariga qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar sohaviy xizmatlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun muddat talab etganligi sababli, ushbu murojaatlarning ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olindi.