Surxondaryoda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha shahar-tuman ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida “Ommaviy sayyor qabul”lari bo‘lib o‘tdi.
Respublikamizda mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari tomonidan aholining muammolarini o‘rganish va bartaraf etish bugunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Shu boisdan yurtdoshlarimizning o‘z turmushidan va bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklamoqda.
Fuqarolar tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha kelib
tushayotgan ariza va shikoyatlarni aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali har
tomonlama chuqur o‘rganish va qonuniy hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va
manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat faoliyati bilan band
bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish hamda murojaat qiluvchilarning Ichki ishlar organlari
rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini osonlashtirish maqsadida, bugun Surxondaryo
viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov tomonidan viloyat
IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi binosida hamda shahar-tuman IIBlari binolarida hududiy ichki
ishlar organi boshliqlarining navbatdagi jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Ommaviy
sayyor qabul” o‘tkazildi.
Hududlarda tashkil etilgan sayyor qabullarda, o‘rinbosarlar,
tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.
“Ommaviy sayyor qabul” davomida fuqarolar o‘zlarining
tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, ishga qayta tiklash, yo‘l harakati xavfsizligi,
fuqarolikni rasmiylashtirish, moddiy yordam, oila turmush doirasidagi nizolarga
barham berish, mol-mulk mojarosi, pul oldi berdi masalasi va boshqa bir qator ichki
ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.
Viloyat hamda shahar-tuman ichki ishlar organlariga qilingan
murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar
sohaviy xizmatlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun muddat talab etganligi sababli,
ushbu murojaatlarning ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olindi.