Surxondaryoda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha shahar-tuman ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida “Ommaviy sayyor qabul”lari bo‘lib o‘tdi.
Respublikamizda mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari tomonidan aholining muammolarini o‘rganish va bartaraf etish bugunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Shu boisdan yurtdoshlarimizning o‘z turmushidan va bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklamoqda.
Fuqarolar
tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan ariza va shikoyatlarni
aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali har tomonlama chuqur o‘rganish va qonuniy
hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida
kundalik mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish hamda murojaat
qiluvchilarning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini
osonlashtirish maqsadida, bugun Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
polkovnik Timur Ismailov tomonidan viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi
binosida hamda shahar-tuman IIBlari binolarida
hududiy ichki ishlar organi boshliqlarining navbatdagi jismoniy va yuridik shaxslar
bilan “Ommaviy sayyor qabul” o‘tkazildi.
Hududlarda
tashkil etilgan sayyor qabullarda, o‘rinbosarlar, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari
ishtirok etishdi.
“Ommaviy
sayyor qabul” davomida fuqarolar o‘zlarining tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish,
ishga qayta tiklash, ish joyini o‘zgartirish, yo‘l harakati xavfsizligi, fuqarolikni
rasmiylashtirish, moddiy yordam, oila turmush doirasidagi nizolarga barham berish,
mol-mulk mojarosi, pul oldi berdi masalasi va boshqa bir qator ichki ishlar sohasiga
oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.
Viloyat
hamda shahar-tuman ichki ishlar organlariga qilingan murojaatlarning aksariyati
joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar sohaviy xizmatlar tomonidan
ko‘rib chiqish uchun muddat talab etganligi sababli, ushbu murojaatlarning ijrosi
boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olindi.