26 Iyul 2025 yil 899

Surxondaryoda, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshliqlarining navbatdagi “Ommaviy sayyor qabul”i bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda mas’ul rahbarlar tomonidan aholining dard-u tashvishi bilan yashash, ularning muammolarini o‘rganish va  bartaraf etish bugunning eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Shu boisdan yurtdoshlarimizning o‘z turmushidan va bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashini ta’minlash har bir rahbarga alohida mas’uliyat yuklamoqda.

Fuqarolar tomonidan sud-huquq masalalari bo‘yicha kelib tushayotgan ariza va shikoyatlarni aholi bilan bevosita muloqot qilish orqali har tomonlama chuqur o‘rganish va qonuniy hal etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, hafta davomida kundalik mehnat foliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish hamda murojaat qiluvchilarning Ichki ishlar organlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishlarini osonlashtirish maqsadida, 2025 yil 26 iyul kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i polkovnik Sherzod Ibragimovlar tomonidan Termiz shahridagi "Matbuot uyi" binosida jismoniy va yuridik shaxslar bilan “Ommaviy sayyor qabul” o‘tkazildi.

Unda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mas’ullari, viloyat IIBning tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi.

“Ommaviy sayyor qabul” davomida fuqarolar o‘zlarining tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, ishga qayta tiklash, yo‘l harakati xavfsizligi, fuqarolikni rasmiylashtirish, modiy yordam, oila turmush doirasidagi nizolarga barham berish, mol-mulk mojarosi, pul oldi berdi masalasi va boshqa bir qator ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.

Qilingan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar sohaviy xizmatlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun muddat talab etganligi sababli, ushbu murojaatlarning ijrosi boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratiga olindi.

Text to speech