26 Oktyabr 2023 yil 949

Surxondaryoda Turizm ob’ektlarida xavfsizlik qoidalari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuruvchi sayyohlarning xavfsizliklarini ta’minlash va ularga lozim darajada xizmat ko‘rsatish  maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat hududidagi tarixiy va madaniy meros hamda turizm namoyishi ob’ektlari atrofida qo‘shimcha qulayliklar yaratish, atrof-muhit tozaligi va xavfsizlik qoidalari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu o‘rganish davomida, aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi va qo‘shimcha jihozlarni o‘rnatilishi yuzasidan mavjud ob’ektlar mas’ul xodimlariga hamda tegishli mutasaddi idoralarga kerakli tavsiyalar berildi.

Text to speech