26 Sentyabr 2024 yil
178
Surxondaryoda turfirma va turoperatorlar o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
Surxondaryo viloyati hududida o‘z faoliyatini olib borayotgan turfirma va
turoperatorlar bilan ichki turizmni rivojlantirish va sayyohlarga yanada qulayliklar
yaratish hamda ularning xavfsizliklarini lozim darajada sifatli ta’minlash maqsadida,
viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan profilaktik
tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘tkazilayotgan uchrashuvlar davomida, hamkorlikda amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilmoqda.