4 Noyabr 2024 yil 433

Surxondaryoda o‘tkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining navbatdagi bosqichida ishtirokchilar sportchilar bilan uchrashishdi.

Xabaringiz bor, Surxondaryo viloyati hududida yashovchi 10 nafar 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etishga moyil, tarbiyasi og‘ir, bo‘lgan va salbiy hatti-xarakatlar sodir etganligi uchun profilaktik hisobga olingan yoshlar (qizlar) o‘rtasida kelgusida o‘tkazilayotgan huquqbuzarliklarni sodir etishlarini yoxud o‘zlari huquqbuzarlik va jinoyat qurboniga aylanishlarini oldini olishga qaratilgan “Kelajak sari” profilaktik tadbiri o‘tkazilishi davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanayotgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kelajak sari” profilaktik tadbirining sakkizinchi va to‘qqizinchi kunlari tadbir ishtirokchilari o‘rtasida  sog‘lom turmush tarzini olib borish va unga amal qilish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida, yurtimizdagi Olimpiya chempionlari va ichki ishlar organlaridagi sportchilar bilan davra suhbatlarini o‘tkazilib, sportchilar tomonidan master klass mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Bundan tashqari, dam olish kunlarida turli xildagi ma’naviy-marifiy tadbirlar tashkil etildi. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tarbiyachisi katta serjant Safarova Sarvinoz tomonidan “Bir bo‘lsak yagona halqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostida rasm chizish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Dam olish kunining ikkinchi yarmida yoshlarni yot g‘oyalardan asrash maqsadida “Tinchlik qadri” nomli video rolik namoyish qilinib, bu orqali ommaviy ma’daniyat, turli xildagi salbiy oqimlar ta’siriga tushgan yoshlarning ayanchli qismati, ularga qo‘yilgan cheklov va jazolar haqida tushunchalar berildi.

Kuzgi ta’tilning birinchi kunidan bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida, ingliz va rus tili to‘garaklari markazning o‘zida tashkillashtirilib, so‘zlashuv nutqi bo‘yicha o‘quv-darslari tashkillashtirildi.

“Kelajak sari” profilaktik tadbiri davom ettirilmoqda.

Text to speech