22 May 2023 yil 207

Surxondaryoda tergovchilar ma’naviyat maskaniga tashrif buyurishdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 11 aprel kunidagi Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy – burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2023 yil 29 aprel kunidagi tegishli farmoyishlari ijrosi doirasida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari Termiz davlat universitetidagi axborot-resurs markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida, tergovchilar axborot-resurs markazida bo‘lgan ilmiy va badiiy kitoblar bilan tanishish bilan birga ma’naviy dunyo qarishini oshirishdi.

“Ma’naviyat oyligi” davomida tashkil etilayotgan ushbu tadbirlar tergovchilarning bilim salohiyatini yanada boyitishiga xizmat qiladi.

Text to speech