11 Yanvar 2025 yil 684

Surxondaryoda tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida Axborot tizimi orqali sodir etilayotgan jinoyatlarni tergov qilishdagi muammo va yechimlar mavzuiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Bugungi kunda axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlari tobora ko‘payib bormoqda. Ushbu turdagi jinoyatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlari olib borish jarayonida amaldagi tezkor qidiruv hamda tergov qilish usullari jinoyatlarni issiq izidan fosh etish va aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash uchun yetarli emasligini ko‘rsatmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 11 yanvar kuni Surxondaryo viloyati IIB, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning sohaga oid tergovga qadar tekshiruv, tergov harakatlari olib borishga vakolatli xodimlari ishtirokida "Axborot tizimidan foydalanib sodir etilayotgan firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlarini oldini olish, mazkur turdagi jinoyatlarni tergov qilishda isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar: muammo va yechimlar" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya davomida axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlarni oldini olish, ushbu turdagi jinoyatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini olib borishda yagona yondashuvni qo‘llash bo‘yicha aniq takliflar berilib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Konferensiyada ma’ruzachilar tomonidan berilgan ma’lumotlarni ishtirokchilar diqqat bilan tinglashib, mazkur sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech