Surxondaryoda sportning voleybol turi bo‘yicha o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida U 15 O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
2024 yilning 14-20
avgust kunlari Termiz shahridagi Surxon sport majmuasining sport zalida sportning
voleybol turi bo‘yicha o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida U 15 O‘zbekiston chempionati
o‘tkazildi.
Ushbu o‘tkazilgan
nufuzli musobaqada, Qaraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va Respublikaning
barcha viloyatlaridan jami 14 ta terma jamoadan 14 nafardan jami 196 nafar sportchilar ishtirok etdi.
O‘tkazilgan sport
musobaqasi murosasiz kurashlarga boy bo‘lib, barcha jamoalar g‘oliblik uchun kuch
sinashishdi.
Xalqaro toifadagi hakamlar
tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni
Qaraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi,
2-o‘rinni Namangan viloyati terma jamoasi,
3-o‘rinni esa Toshkent viloyati terma jamoasi egallab, voleybol federatsiyasi
tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.