Surxondaryoda o‘smirlar va qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “O‘zbekiston kubogi” o‘tkazildi
2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi
jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5924-sonli farmoniga asosan 2-8 oktabr kunlari Termiz shahrida 14 yoshga to‘lmagan
o‘smirlar va qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “O‘zbekiston kubogi”
o‘tkazildi.
Unda respublikaning barcha viloyatidan kelgan terma jamoalar
ishtirok etishdi.
O‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlar natijasida:
1-o‘rinni: Toshkent shahri;
2-o‘rinni: Andijon viloyati;
3-o‘rinni: Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar natijasida:
1-o‘rinni: Surxondaryo viloyati;
2-o‘rinni: Namangan viloyati;
3-o‘rinni: Samarqand viloyati terma jamoalari egallashdilar.
Musobaqa yakunida viloyat Voleybol
federatsiyasi rahbari, viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik A.Ismoilov sovrindor terma
jamoalarga diplom hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.