11 Avgust 2025 yil 143

Surxondaryoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Surxondaryoda 15 iyul kunidan 15 avgust kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamkorlikda, oziq-ovqat bozorlarida profilaktik tadbirlar olib borildi.

Shuningdek, olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida, sotuvchilar va haridorlar o‘rtasidagi samimiy munosabatda bo‘lish bilan birga iste’molga yaroqsiz bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini savdodan chiqarish, ayniqsa ob-havoning issiq kunlarida tez iste’molga yaroqsiz bo‘lib qoluvchi sarxil mevalar, tuxum, go‘sht, sut va boshqa mahsulotlarni ko‘rikdan o‘tkazgan holda savdoga kiritish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech