6 Dekabr 2023 yil
737
Surxondaryoda "Konstitutsiya bilimdoni" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston yoshlar
ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya — xalqchil davlat,
barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!" shiori ostida "Konstitutsiya
bilimdoni" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va murosasiz
kechgan o‘yinda 6 ta kuch tuzulmalarning
jamoalari faol ishtirok etdi va yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rinni Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi,
2-o‘rinni
Viloyat bojxona boshqarmasi,
3-o‘rinni Viloyat
Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi qo‘lga kiritdi.