20 Sentyabr 2022 yil 224

Surxondaryoda “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida 5 ming metrga yurish marafoni o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning Farmoyishi hamda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan 10 sentabrdan 10 oktabr kuniga qadar viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Kasbiy tayyorgarlik oyligi”ni o‘tkazish belgilangan.

Shu munosabat bilan viloyat ichki ishlar tizimida “Kasbiy tayyorgarlik” oyligi doirasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda shaxsiy tarkib oldiga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan vijdonan bajarishlari uchun kasbiy, jismoniy va jangovar shay holda bo‘lishlari talab etiladi.

joriy yilning 20 sentabr kuni erta tongdan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan sport bilan oshno tutingan ichki ishlar organlari xodimlari 5 ming metrga yurish marafonida faol ishtirok etish uchun saf tortishdi.

Viloyat IIB binosi oldidan 5000 metrga yurish marafoniga yurish starti berilib,  finish chig‘ig‘i “Surxon sport majmuasi” o‘yingohi bo‘ldi.

Marafon davomida, ichki ishlar organlari xodimlariga ertalabki badan tarbiya mashg‘ulotlari sport ustalari tomonidan o‘tkazilib, qo‘l jangidan foydalanish usullari o‘rgatildi.

Viloyat bo‘ylab “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” jadallik bilan o‘tkazilishi davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech