1 Avgust 2023 yil 146

Surxondaryoda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari psixodiagnostik tekshiruvlardan o‘tkazilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyruq talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat IIB Jamaoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlari psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning psixologik portretlari yaratilmoqda.

Shuningdek, ular bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilib kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech