25 Iyul 2024 yil 257

Surxondaryoda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan psixologik-trening mashg‘uloti tashkil etildi

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul rahbarlari bilan hamkorlikda boshqarma xodimlari uchun “Muomala madaniyati va inson psixologiyasi” mavzusida psixologik-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mazkur psixologik-trening mashg‘ulotini viloyat IIB ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mutaxassis-psixologlari hamda Termiz davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘tkir Jo‘raevichlar o‘zaro hamkorlikda  olib borishib, xodimlarning individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini ta’minlash, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga to‘g‘ri baho berishni shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishdi.

Text to speech