4 Oktyabr 2022 yil 525

Surxondaryoda IIV Malaka oshirish instituti mas’ul xodimlari tomonidan o‘quv yig‘ini tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan, Ichki ishlar organlari xodimlarida muomala madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar bilan muloqotda ularning mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining professor o‘qituvchilari, malakali mutaxassis xodimlari joylarda o‘quv seminarlari, trening mashg‘ulotlari o‘tkazib kelishmoqda.

Xuddi shunday o‘quv mashg‘uloti joriy yilning 4 oktabr kuni IIV Surxondaryo Akademik litseyida ham tashkil etildi.

Unda IIV Malaka oshirish institutining professor o‘qituvchilari tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining yo‘l-patrul, patrul-post va profilaktika xizmatlari faoliyat olib borayotgan xodimlarga mas’ul xodimlar tomonidan o‘quv dasturiga muvofiq mavzular bo‘yicha mashg‘ulotlarning alohida o‘quv-metodik materiallar va zamonaviy interfaol metodlardan foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi.

O‘quv mashg‘uloti davomida, xizmat vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xil stress vaziyatlarda o‘z-o‘zini boshqarishning psixologik omillari,  yo‘l harakati xavfsizligi, patrul-post, huquqbuzarliklarni oldini olish xizmatlari etiketi va muloqot madaniyati, ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ishlash metodlari, stress va agressiv holatlarni yengillashtirishga mo‘ljallangan psixokoreksion seminar trening asosida mahorat mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Tashkil etilgan o‘quv yig‘ini yakunida, mahorat darslarida ishtirok etgan ichki ishlar organlari xodimlariga IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘ining maxsus sertifikatlari topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech