6 Mart 2023 yil 188

Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlari bilan psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda

  Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri  muloqotda bo‘ladigan hamda maxsus vositalar bilan xizmat olib boradigan xodimlarning xizmat faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, xodimlarning xizmat samaradorligini oshirish va shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, xodimlarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish maqsadida xodimlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi.

  Bunda asosiy e’tibor, Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish, ularning salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishga ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlarga qaratildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech