19 Sentyabr 2024 yil
256
Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlarining yashash sharoitlari o‘rganilmoqda.
Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shodiev tomonidan, ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari xonadonlariga borib, ularning
yashash shart-sharoitlari, muammolarini o‘rganilmoqda.
O‘rganish davomida, xodimlarning turmush o‘rtog‘i va
farzandlarining qiziqishlari, sog‘ligida muammosi bor-yo‘qligi, yashash tarzlari
bilan qiziqib, aniqlangan muammolar bo‘yicha amaliy yordam qilish yuzasidan fikr
mulohazalar bildirildi.