Surxondaryoda Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi.
Surxondaryo
viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan “Xodim
psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida, Surxondaryo viloyati
IIB tarkibida xizmat qilayotgan xodimlarning oilasi va ularning turmush sharoitlarini
o‘rganish maqsadida, yashash xonadonlariga borilib holidan xabar olindi.
Tashrif
buyurilgan xonadonlarning muammolari o‘rganilib, xodimlar va oila a’zolari bilan
psixologik suhbatlar o‘tkazildi.
Bunda
asosiy e’tibor mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimlarning oilasida vujudga kelishi
mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishga qaratildi.
Bu kabi chora-tadbirlar doimiy ravishda Surxondaryo viloyati IIBning mutaxassislari
tomonidan, xodimlar bilan psixologik trening va uchrashuvlar ko‘rinishida tashkil
qilinib, xodimlarga kerakli va zarur bo‘lgan tavsiya hamda maslahatlar berib borilmoqda.