29 May 2025 yil 637

Surxondaryoda ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib borayotgan xodimlarning ijtimoiy muammolari manzilli o‘rganilishi davom etmoqda.

Joriy yilning 18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri huzurida o‘tkazilgan video-selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda viloyat IIBning tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Shadiev, viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik  Hurshid Atanazarov hamda hududiy bo‘linmalari rahbarlari qo‘l ostida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining oilaviy ahvoli va yashash sharoitlarini o‘rganib, ularning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda.

O‘rganish jarayonida, xodimlarning yashash shart-sharoitlari, sog‘liklari, oiladagi iqtisodiy, ijtimoiy, maishiy  va boshqa bir qator muammolariga e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, xodimlarning xizmat xonalari  ko‘zdan kechirilib, ular bilan xizmat va ijro intizomiga rioya qilishlari yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.

Bu o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimlarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash hamda ichki ishlar organlarida ma’naviy va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan.

Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning ijtimoiy muammolarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Text to speech