Surxondaryoda Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati
IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan “Xodim
psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida, Surxondaryo viloyati
IIB tarkibida xizmat qilayotgan xodimlarning oilasi va ularning turmush sharoitlarini
o‘rganish maqsadida, yashash xonadonlariga borilib holidan xabar olindi.
Tashrif buyurilgan
xonadonlarning muammolari o‘rganilib, xodimlar va oila a’zolari bilan psixologik
suhbatlar o‘tkazildi.
Bunda asosiy e’tibor
mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimlarning oilasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
muammolarni oldini olishga qaratildi.
Bu kabi chora-tadbirlar
doimiy ravishda Surxondaryo viloyati IIBning mutaxassislari tomonidan, xodimlar
bilan psixologik trening va uchrashuvlar ko‘rinishida tashkil qilinib, xodimlarga
kerakli va zarur bo‘lgan tavsiya hamda maslahatlar berib borilmoqda.