Surxondaryoda ichki ishlar faxriylari holidan xabar olinib, ularning muammolari o‘rganilmoqda.
Ichki ishlar organlari tizimida mehnat qilgan faxriylarni e’zozlash va ularga ehtirom ko‘rsatish borasida tizimli ishlar 25 oktabr- ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami oldidan ham tashkil etilmoqda.
Xuddi shunday tashabbuslardan
biri Surxondaryo viloyati Ichki ishlar tizimlarida uzoq yillar samarali mehnat qilgan
iste’fodagi polkovnik Abdumannon Azimovning xonadoniga qilingan tashrifdan xonadon
sohibi shogirdlarining yo‘qlovidan ko‘ngli quvonchga to‘ldi.
Soha faxriysiga
ailoyat IIB boshlig‘ining bayram tabrigini o‘qib eshittirrar ekan iste’fodagi polkovnikning
ko‘zidan quvonch va hayajon ko‘z yoshlari qalqdi. Bunday e’tibor rva e’zozdan xonadon
sohiblarining tillarida minnatdorchilik, yuzlarida samimiylik aks etdi.
Viloyat IIB mas’ullari bayram bahonasida xonadon egalarining sog‘ligini tiklash hamda xonadonida aniqlangan muammolarini bartaraf etish yuzasidan fikr mulohazalar bildirishdi.