31 Iyul 2023 yil
305
Surxondaryoda xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatilmoqda
Joriy yilning 31 iyul kuni Fransiya davlatidan Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan bir guruh sayyohlar viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz temir yo‘l vokzalidan kutib olindi.
Dastavval, “Meridian” mehmonxonasiga joylashtirildi. Shundan so‘ng, Termiz tumani hududida joylashgan turizm namoyishi ob’ektlari ya’ni, “Fayoztepa”, “Qoratepa” va “Al-Hakim At-Termiziy” ziyoratgohlariga kuzatuv asosida olib borildi.
Sayohat davomida ushbu majmualar tarixi haqida atroflicha ma’lumot asosida tanishtirildi.