Surxondaryoda 136 nafar shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berildi
Inson uchun
fuqarolik pasportiga ega bo‘lish eng katta g‘urur tuyg‘usini baxsh etadi.
Prezidentimizning tegishli Farmoni bilan mustaqilligimizning 33 yilligi
arafasida fuqaroligi bo‘lmagan, boshqa davlat fuqaroligini olmagan, yurtimizda
muqim yashab kelayotgan, iltimosnomalar bilan murojaat qilgan shaxslarga
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi. Xususan, ular orasida 135 nafar
surxondaryoliklar ham bor.
Kuni kecha viloyat
hokimligida tashkil etilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek
Qosimov O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan voxadoshlarimizning bir
guruhiga fuqarolik pasportlari – ID kartalarni tantanali topshirdi.
Viloyat rahbari tadbir ishtirokchilarini
mustaqillik ayyomi bilan, O‘zbekiston fuqaroligi olganlarni fuqarolik bilan
qutladi.