Surxondaryo viloyatida tergovchi va surishtiruvchilar uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Joriy yilning 8 fevral kuni, Surxondaryo viloyat Ichki
ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov bo‘linmalari
shaxsiy tarkibi hamda aloqador organlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligining Yuridik ta’lim va sud ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J.Nuritdinov
va vazirlik huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi
direktori A.Xalilovlar tomonidan “O‘zbekistonda sud ekspertizasining imkoniyatlari”
mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar
davomida ishtirokchilarga zamonaviy ekspertiza turlari, ularni o‘tkazish asoslari
hamda bu sohada yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar haqida tushunchalar berildi.
Shu bilan
birga ishtirokchilarga X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi
hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida tayyorlangan ekspertiza tayinlash, o‘tkazish
hamda natijalarini qayd qilishga oid elektron amaliy qo‘llanma taqdim etildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan
berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan ilmiy va amaliy javoblar berilishi ta’minlandi.