11 Fevral 2024 yil
440
Surxondaryo viloyatida YPX xodimlarining "Mahallabay" ishlash jarayonlari.
Xodimlar tomonidan mahallalarda yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagan fuqarolar
va boshqa harakat ishtirokchilari bilan, piyodalar o‘tish joylarida voyaga yetmagan
bolalar hamda temir yo‘l kesishmalari yaqinida xizmat olib boruvchi ishchi-xodimlar,
haydovchilar bilan yo‘llarda xavfsiz harakatlanish talablari borasidagi targ‘ibot
va tashviqot ishlari olib borilmoqda. O‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari davomida
hududdagi muammolar ham o‘rganilmoqda.