Surxondaryo viloyatida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan ta’minlash hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish ishlari o‘rganildi.
Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga binoan, fuqarolarning osoyishtaligini ta’minlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, aholini qish mavsumida energiya resurslari (elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir, issiq suv) bilan to‘liq ta’minlash hamda bu borada tegishli idora va tashkilotlar vakillarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida ham amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy yilning
15 dekabr kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Timur Ismailov boshchiligida soha
mas’ullari hamda hamkor tashkilotlarning mutasaddilari ishtirokida ijtimoiy soha
ob’ektlari, shifoxonalar, ko‘p qavatli uylardagi issiqlik bilan ta’minlovchi korxonalar
faoliyati bilan yaqindan tanishildi. U yerdagi mavjud imkoniyat va sharoitlar o‘rganilib
aniqlangan kamchilliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar
berildi.
O‘rganish davomida
Denov tuman Hududiy elektr tarmoqlari bo‘limi filialida tashkil qilingan viloyat
kuz-qish shtabida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi ko‘zdan kechirildi.
Hududlarda hamkor
tashkilotlar bilan birgalikda ko‘p qavatli uylar, shaxsiy xonadonlar va jamoat joylarida
video-kuzatuv qamrovini oshirish, kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, profilaktika
inspektorlari tomonidan aholi muammolarni o‘rganish hamda bartaraf etish bo‘yicha
“mahalla yettiligi” bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tungi vaqtlarda har
qanday ko‘rinishdagi ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlarga qaratilib, tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar bilan yo‘riqnoma
o‘tkazildi.
Ishchi guruh a’zolarining kundalik o‘rganish ishlari viloyatning barcha hududlarida ham davom etmoqda.