Surxondaryo viloyatida “Yagona migratsiya idoralararo ma’lumotlar bazasi” joriy etilishi munosabati bilan o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazilishi davom etmoqda.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan inson qadri ulug‘lash, ularning xaq-huquqlarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholining ijtimoiy muammolarini hal etishga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hususan, Prezidentimiz tomonidan 2024 yil 4 aprel kuni “Mehnat migratsiyasi
jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga
oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
qabul qilingan farmoni ijrosi ta’minlash
maqsadida mehnat migranti sifatida xorijiy davlatlarga ketgan va qaytib kelgan fuqarolarning
ijtimoiy, iqtisodiy axvolini o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash
maqsadida “Yagona migratsiya idoralararo ma’lumotlar bazasi” yaratildi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikami Ichki ishlar vazirining "Yagona migratsiya idoralararo
ma’lumotlar bazasi" axborot tizimini amaliyotga joriy etish va Huquqbuzarliklar
profilaktikasi bo‘linmalari xodimlarini o‘qitish to‘g‘risida"gi 2025 yil
11 iyun kunidagi 226-son farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati
Denov, Oltinsoy, Sariosiyo va Uzun tumanlarining 180 nafar Huquqbuzarliklar profilaktikasi
bo‘linmalari xodimlari bilan o‘quv seminarlari o‘tkazildi.
Tashkil etilgan o‘quv seminarda, mazkur elektron dastur quyidagi qulayliklarga
egaligi haqida ma’lumotlar keltirildi. Jumladan:
- xorijiy davlatlarga ketgan va qaytib kelgan
migrantlar haqida to‘liq ma’lumotlar bazasi yaratish;
- migrantlarning ijtimoiy, iqtisodiy holati,
oilaviy axvoli, muammolari, daromat miqdori va ish sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
olish va tahlil qilish;
- olingan ma’lumotlar asosida migrantlar va ularning
oila a’zolari bilan ijtimoiy va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va bu jarayonlarni
monitoring qilish;
- xorijdagi fuqarolarning ish sharoitlarini o‘rganish,
kam miqdorda daromat topuvchi fuqarolarni aniqlash va zaruriy yordamlar ko‘rsatish;
- qaytib kelgan fuqarolari ijtimoiy moslashtirish,
mutasaddi korxa tashkilotlar bilan hamkorlikda mahalliy ish o‘rinlariga joylashtirishga
xizmat qiladi.
Ushbu elektron dastur
profilaktika inspektorlarining xizmat planshetlariga o‘rnatilib mahalla yettiligi
bilan hamkorlikda fodalanib kelinmoqda.
Ish jarayonlarida xorijiy
davlatlarda og‘ir hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan fuqarolar aniqlanib, ularni
vatanga qaytarish va munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Elektron dastur ishlab
chiqilishi migrantlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda ilk qadamlari hisoblanib,
kelgusida bu kabi amaliy ishlar davom ettiriladi.
O‘quv seminar davomida profilaktika inspektorlariga axborot
tizimidan foydalanish bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanmalar tarqatildi.
O‘quv seminar yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olishdi.