21 Fevral 2025 yil 864

Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyat Kengashining kalendar rejasiga asosan 2025 yilning 19-20 fevral  kunlari  Termiz shaxridagi viloyat IIB Sport majmuasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisi kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Sport musobaqasi murosasiz baxslarga boy bo‘lib, Surxondaryo viloyatida  xizmat o‘tayotgan Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasi,  Surxondaryo viloyati Favkulodda vaziyatlar boshkarmasi, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi,  Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi  Qo‘riqlash boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi, Davlat xavfsizligi xizmati boshqarmasi, Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari  operativ qo‘mondonligi xodimlaridan iborat 8 ta terma jamoadan  jami   64 nafar sportchilar katnashdi.

Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa natijalariga ko‘ra  1 o‘rinni  Surxondaryo viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi terma jamoasi,   2 o‘rinni   Surxondaryo viloyati IIB terma jamoasi,   3 o‘rinni Milliy gvardiya boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi terma jamoalari   xodimlari qo‘lga kiritishdi.

G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaxo esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shu o‘rinda aytish joizkiDinamojismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil etilganKurash”, “Erkin kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l jang”, “Triatlon”, “Futbol” , “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat aykido” “Voleybolto‘garaklarida hozirgi kunda jami 487 nafar o‘smirlar  muntazam shug‘ullanishib respublika va xalqaro musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallashmoqda.

Text to speech