Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat o‘tayotgan xodimlar va xarbiy xizmatchilar o‘rtasida sportning “Armrestling” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya
va sport jamiyati Surxondaryo viloyat kengashining kalendar rejasiga asosan 2024
yilning 27 noyabr kuni Termiz shaxridagi Alpomish sport majmuasida sportning “Armrestling”
turi bo‘yicha Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmat
o‘tayotgan xodimlar va xarbiy xizmatchilar o‘rtasida viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Sport musobaqasi murosasiz baxslarga boy bo‘lib, Surxondaryo
viloyatida xizmat o‘tayotgan Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi boshqarmasi,
Surxondaryo viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi, Surxondaryo viloyati DXX ChQ “Janub” OQ, Surxondaryo viloyati Favkulodda vaziyatlar boshkarmasi,
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi; Surxondaryo viloyati Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi, Termiz xalqaro a’roportida
xavsizlikni ta’minlash alohida batalьoni xodimlaridan iborat 7 ta terma jamoadan
jami
28 nafar sportchilar katnashdi.
Xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan baholab borilgan
ushbu nufuzli musobaqa natijalariga ko‘ra 1 o‘rinni Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi xodimi, 2 o‘rinni Ichki ishlar boshqarmasi xodimi, 3 o‘rinni
Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
xodimi va viloyat IIB xodimi qo‘lga
kiritishdi.
G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” JTSJ Surxondaryo
viloyati Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaxo esdalik sovg‘alari bilan
taqdirlandilar.
Shu o‘rinda aytish joizki “Dinamo” jismoniy tarbiya va
sport jamiyati qoshida tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l
jang”, “Triatlon”, “Futbol” , “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat aykido” “Voleybol” to‘garaklarida
hozirgi kunda jami 527 nafar o‘smirlar muntazam
shug‘ullanishib respublika va xalqaro musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallashmoqda.