22 Noyabr 2024 yil 872

Surxondaryo viloyati sektor rahbarlarining galdagi ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati prokurori, viloyat ichki ishlar  va  soliq boshqarmasi boshliqlari tomonidan Boysun tumani hududida o‘tkazilgan qabulda, mas’ullar, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari, tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.

«Ommaviy sayyor qabuli» jarayonida fuqarolar tergov — surishtiruv, ishga qabul qilish, sog‘ligini tiklash masalasida moddiy yordam berish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va boshqa turli ichki ishlar sohasiga oid masalalar yuzasidan murojaatlar qilishdi.

Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Ijrosini o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar esa tegishli sohaviy xizmat mas’ullariga yo‘naltirilib, boshqarma boshlig‘i tomonidan alohida nazoratga olindi.

Text to speech