6 Noyabr 2024 yil 631

Surxondaryo viloyati IIOlarida xizmat qilib kelayotgan xodimalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.

Surxondaryo viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Nargiza Djumaeva, Surxondaryo viloyati IIBning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida xizmat intizomini buzish holatlarini oldini olish maqsadida, ularning xonadonlariga borib, yashash shart-sharoitlari, muammolari o‘rganildi.

O‘rganish davomida, xodimalarning sog‘ligida muammosi bor-yo‘qligi, farzandlarining qiziqishlari, yashash tarzlari bilan qiziqib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

Text to speech