8 Oktyabr 2024 yil 401

Surxondaryo viloyati IIBda ayol xodimalar bilan navbatdagi sport mashg‘uloti o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining jangovar va jismoniy tayyorgarligini ta’minlashga oid yillik o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar rejasiga ko‘ra viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar bilan navbatdagi jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimalarga asosan sport gimnastikasi, sport akrobatikasi, yengil atletika, voleybol, shaxmat, stol tennisi, badminton sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali ularning jismoniy va psixologik shayligini shakllantirish, turli huquqbuzarliklar profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish, tezkorlik, shuningdek, xizmat faoliyati jarayonida yuqori ishchanlikni ta’minlash hamda yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini tarbiyalash hisoblanadi.

Text to speech