9 Aprel 2024 yil 464

Surxondaryo viloyati IIBda faxriylar holidan xabar olinib, ularning oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari Denov tumani IIB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan birgalikda Ichki ishlar tizimida uzoq yillar samarali xizmat qilib keksalik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olinib, ularning oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi.

Bunda asosiy e’tibor mutaxassis-psixologlar tomonidan faxriylarning oilasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik muammolarni oldini olishga qaratilmoqda.  

Bu kabi chora-tadbirlar doimiy ravishda Surxondaryo viloyati IIB mutaxassis psixologlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Text to speech